Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 44)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 44

وَلَوْ جَعَلْنَاهُ قُرْآنًا أَعْجَمِيًّا لَقَالُوا لَوْلَا فُصِّلَتْ آيَاتُهُ ۖ أَأَعْجَمِيٌّ وَعَرَبِيٌّ ۗ قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ آمَنُوا هُدًى وَشِفَاءٌ ۖ وَالَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ فِي آذَانِهِمْ وَقْرٌ وَهُوَ عَلَيْهِمْ عَمًى ۚ أُولَٰئِكَ يُنَادَوْنَ مِنْ مَكَانٍ بَعِيدٍ 44 ٤٤

Agar Biz uni ajamiycha Qur'on qilganimizda, albatta: «Uning oyatlari mufassal bayon qilinganida edi. Arabiyga ajamchami?!» – der edilar. Sen: «U, iymon keltirganlar uchun hidoyat va shifodir. Iymon keltirmaydiganlarning quloqlarida og`irlik bordir. U, ular uchun ko`rlikdir. Ular uzoq makondan chaqirilayotganlardir», deb ayt. (44)

Tafsir
Biz Quronni arab tilidan boshqa tilda nozil qilganimizda kofirlar shunday degan boʻlardilar: "Biz anglashimiz uchun uning oyatlari tushuntirib berilganda yaxshi boʻlardi. Quronni olib kelgan odam arab boʻla turib, uning oʻzi ajamcha boʻladimi?" Ey Paygʻambar, ularga shunday javob bering: "Quron Allohga iymon keltirib, paygʻambarlarni tasdiq etgan zotlar uchun hidoyat va shifodir. Ularni zalolatga ketishdan asraydi, qalblarini jaholatdan davolaydi. Allohga iymon keltirmaganlarning esa quloqlarida karlik, koʻzlarida koʻrlik bor. Shuning uchun ular tushunmaydilar. Ular xuddi uzoq joydan chaqirilayotgan odamlarga oʻxshaydilar. Shunday boʻlgach, jarchining ovozini qayoqdan ham eshitsinlar!"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin