Sura Fussilat (Batafsil bayon qilingan — فصلت) (Oyat 50)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




41 Fussilat(فصلت), Oyat 50

وَلَئِنْ أَذَقْنَاهُ رَحْمَةً مِنَّا مِنْ بَعْدِ ضَرَّاءَ مَسَّتْهُ لَيَقُولَنَّ هَٰذَا لِي وَمَا أَظُنُّ السَّاعَةَ قَائِمَةً وَلَئِنْ رُجِعْتُ إِلَىٰ رَبِّي إِنَّ لِي عِنْدَهُ لَلْحُسْنَىٰ ۚ فَلَنُنَبِّئَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا بِمَا عَمِلُوا وَلَنُذِيقَنَّهُمْ مِنْ عَذَابٍ غَلِيظٍ 50 ٥٠

Agar Biz unga uni tutgan zarardan so`ng O`zimizdan rahmat tottirsak, albatta, u: «Bu menikidir. Men soat(qiyomat) qoim bo`lur, deb o`ylamayman. Agar Robbimga qaytarilsam, albatta, men uchun Uning huzurida go`zal (mukofot) bordir», der. Bas, albatta, kufr keltirganlarga qilgan amallari xabarini berurmiz. Albatta, ularga og`ir azobdan tottirurmiz. (50)

Tafsir
Bir balo yoki biron kasallikka chalinganlaridan keyin ularga rahm qilib, sogʻlik, boylik va tinchlik- xotirjamlik nematini ato etsak: "Bu oʻzi mening haqqim. Chunki men shunga loyiq odamman. Men qiyomat qoim boʻladi, deb oʻylamayman. Farazan, boʻlgan taqdirda ham Parvardigorim huzurida menga atalgan boylik va davlat bor. Bu dunyoda haqli boʻlganim uchun berganidek, u dunyoda ham beradi", deyishlari tayin. Biz kofirlarga qilib oʻtgan kufru masiyatlari haqida xabar berib, ularni oʻta qattiq azobga giriftor qilurmiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin