Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 13

شَرَعَ لَكُمْ مِنَ الدِّينِ مَا وَصَّىٰ بِهِ نُوحًا وَالَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ وَمَا وَصَّيْنَا بِهِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَىٰ وَعِيسَىٰ ۖ أَنْ أَقِيمُوا الدِّينَ وَلَا تَتَفَرَّقُوا فِيهِ ۚ كَبُرَ عَلَى الْمُشْرِكِينَ مَا تَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ ۚ اللَّهُ يَجْتَبِي إِلَيْهِ مَنْ يَشَاءُ وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَنْ يُنِيبُ 13 ١٣

U zot sizlarga din etib O`zi Nuhga vasiyat qilgan va senga (ey Muhammad) vahiy qilgan narsamizni hamda Ibrohim, Muso va Iysoga vasiyat qilgan narsamizni bayon qildi. «Dinni barpo qilingiz va unda tafriqaga tushmangiz», dedi. Mushriklarga sen ularni da'vat qilgan narsa og`ir keldi. Alloh O`zi xohlagan kishisini (Payg`ambarlikka) tanlab olur va U O`zigagina iltijo etguvchi kishini hidoyat qilur. (13)

Tafsir
Nuhga nimani yetkazish va nimaga amal qilishni buyurgan boʻlsa, sizlarga ham dindan oʻshani shariat ayladi. Ey Paygʻambar, sizga vahiy qilganimiz, shuningdek, Ibrohim, Muso va Iysoga buyurganimiz shuki, dinni barpo qilinglar va unda guruh-guruhlarga boʻlinib ketmanglar. Mushriklarga siz davat etayotgan Allohni yagona iloh deb bilish va Undan boshqaga ibodat qilmaslik ogʻirlik qildi. Alloh Oʻzi istagan bandasini tanlab olib, uning toat-ibodat qilishiga tavfiq beradi. Oʻziga tavba va iltijo qilgan bandasini hidoyat qiladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin