Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 15)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 15

فَلِذَٰلِكَ فَادْعُ ۖ وَاسْتَقِمْ كَمَا أُمِرْتَ ۖ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ ۖ وَقُلْ آمَنْتُ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ مِنْ كِتَابٍ ۖ وَأُمِرْتُ لِأَعْدِلَ بَيْنَكُمُ ۖ اللَّهُ رَبُّنَا وَرَبُّكُمْ ۖ لَنَا أَعْمَالُنَا وَلَكُمْ أَعْمَالُكُمْ ۖ لَا حُجَّةَ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ ۖ اللَّهُ يَجْمَعُ بَيْنَنَا ۖ وَإِلَيْهِ الْمَصِيرُ 15 ١٥

Bas, shuning uchun ham, o`zingga amr qilinganidek da'vat qil va mustaqiym tur va ularning havoyi nafslariga ergashma hamda: «Men Alloh nozil qilgan har bir kitobga iymon keltirdim va orangizda adolat o`rnatishga amr qilindim. Alloh bizning Robbimiz, sizning ham Robbingiz. Bizning amallarimiz o`zimiz uchun, sizning amallaringiz o`zingiz uchun. Biz bilan sizning oramizda janjal(ga o`rin) yo`q. Alloh bizlarni jamlaydi va qaytish yolg`iz Uning O`zigadir», deb ayt. (15)

Tafsir
Mana shu toʻgʻri dinga davat eting. Alloh qanday buyurgan boʻlsa, oʻshanday barqaror turing. Nohaqlarning havoyi nafslariga ergashib ketmang. Munozara boʻlsa, ayting: "Men Allohga va U paygʻambarlarga nozil qilgan kitoblarga iymon keltirdim. Alloh meni sizlarning oralaringizda adolat bilan hukm qilishimga buyurdi. Men ibodat qilayotgan Alloh mening ham Parvardigorimdir, sizlarning ham Parvardigoringizdir. Yaxshi boʻlsin, yomon boʻlsin, bizga oʻzimizning amallarimiz, sizlarga oʻzingizning amallaringiz. Hujjat aniq boʻlganidan keyin endi biz bilan sizlarning oʻrtangizda hech qanday talashib-tortishish yoʻq. Alloh bizni ham, sizlarni ham jamlaydi. Qiyomat kuni hammamiz Uning huzuriga qaytamiz va hammamiz qilmishimizga yarasha jazo yoki mukofotimizni olamiz. Kim haq, kim nohaq, oʻshanda ayon boʻladi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin