Sura Shuro (Maslahat — الشورى) (Oyat 17)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Shuro(الشورى), Oyat 17

اللَّهُ الَّذِي أَنْزَلَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ وَالْمِيزَانَ ۗ وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّ السَّاعَةَ قَرِيبٌ 17 ١٧

Alloh haq ila kitobni va (adolat) tarozuni nozil qilgan Zotdir. Qayerdan bilursan, ehtimol soat(qiyomat) yaqindir! (17)

Tafsir
Alloh shak-shubhasi boʻlmagan haq Quronni hamda odamlar orasida adolat bilan hukm yuritish uchun mezonni - adolatni nozil qildi. Anavilar inkor qilayotgan Qiyomat, yaqin boʻlsa ajab emas. Kelishi muqarrar boʻlgan har narsa yaqindir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin