Sura Shuro (Maslahat — الشورى) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Shuro(الشورى), Oyat 18

يَسْتَعْجِلُ بِهَا الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِهَا ۖ وَالَّذِينَ آمَنُوا مُشْفِقُونَ مِنْهَا وَيَعْلَمُونَ أَنَّهَا الْحَقُّ ۗ أَلَا إِنَّ الَّذِينَ يُمَارُونَ فِي السَّاعَةِ لَفِي ضَلَالٍ بَعِيدٍ 18 ١٨

U(qiyomat)ga iymon keltirmaydiganlar uning tezlashini istaydilar, iymon keltirganlar esa, undan qo`rquvchidirlar, zotan, uning shubhasiz haq ekanini bilurlar. Ogoh bo`ling! Albatta, soat(qiyomat) haqida shubha qilguvchilar yiroq zalolatdadirlar. (18)

Tafsir
Qiyomatga ishonmaydiganlar uning tezroq kelishini talab qiladilar. Chunki ular hisob-kitobga ham, jazo yo mukofotga ham ishonmaydilar. Allohga iymon keltirganlar esa Qiyomatdan qoʻrqadilar. Chunki uning haq ekanini aniq biladilar. Ogoh boʻlingizkim, Qiyomat haqida talashib-tortishadiganlar, u haqda shubha-gumon tugʻdirmoqchi boʻlganlar qattiq adashib, haqiqatdan ancha uzoqqa ketib qolganlardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin