Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 20)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 20

مَنْ كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ الْآخِرَةِ نَزِدْ لَهُ فِي حَرْثِهِ ۖ وَمَنْ كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ الدُّنْيَا نُؤْتِهِ مِنْهَا وَمَا لَهُ فِي الْآخِرَةِ مِنْ نَصِيبٍ 20 ٢٠

Kim oxirat hosilini istasa, biz unga hosilini ziyoda qilib berurmiz. Kim dunyo hosilini istasa, biz unga o`shandan berurmiz va unga oxiratda biron nasiba bo`lmas. (20)

Tafsir
Kim oxirat savobi uchun amal qilsa, uning savobini koʻpaytirib beramiz. Har bir yaxshilik oʻn barobardan yetti yuz barobargacha koʻpaytirib beriladi. Kim dunyoni istasa, unga oʻshandan oʻziga atalgani miqdoricha berurmiz. Dunyoni tanlagani uchun unga oxiratda biron nasiba qolmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin