Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 22)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 22

تَرَى الظَّالِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا كَسَبُوا وَهُوَ وَاقِعٌ بِهِمْ ۗ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فِي رَوْضَاتِ الْجَنَّاتِ ۖ لَهُمْ مَا يَشَاءُونَ عِنْدَ رَبِّهِمْ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ الْفَضْلُ الْكَبِيرُ 22 ٢٢

Zolimlarni o`zlari kasb qilgan narsalari(azobi)dan qo`rquvchi o`laroq ko`rasan. Holbuki, u ularga tushguvchidir. Iymon keltirib, solih amallarni qiluvchilar esa, jannat bog`laridadir. Ular uchun Robbilari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shuning o`zi katta fazldir. (22)

Tafsir
Ey Paygʻambar, shirku masiyatlar ila oʻz joniga jabr qilgan zolimlarni koʻrasizki, qilib qoʻygan gunohlari tufayli azobga duchor boʻlishdan qoʻrqib turadilar. Qoʻrqadilarmi, yoʻqmi, ularning jazolanishi muqarrar. Chin tavba boʻlmasa, quruq qoʻrquvning oʻzidan foyda yoʻq. Allohga va paygʻambarlarga iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar esa ularning aksi oʻlaroq, jannatlarning bogʻlarida rohat-farogʻatda boʻladilar. Parvardigorlari huzurida ularga istagan narsalari bir zumda muhayyo qilinur. Ular tuganmas-bitmas nematlar ichida boʻladilar. Bu bir ulkan fazlu marhamatdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin