Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 47)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 47

اسْتَجِيبُوا لِرَبِّكُمْ مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَ يَوْمٌ لَا مَرَدَّ لَهُ مِنَ اللَّهِ ۚ مَا لَكُمْ مِنْ مَلْجَإٍ يَوْمَئِذٍ وَمَا لَكُمْ مِنْ نَكِيرٍ 47 ٤٧

Qaytarib bo`lmaydigan kun Alloh tomonidan kelmay turib, Robbingizga ijobat qiling! O`sha kuni sizga panohgoh topilmas va sizga (tushgan azobni) inkor qilguvchi topilmas. (47)

Tafsir
Ey odamlar, Qiyomat kuni kelishidan oldin Parvardigoringizning chaqiriqlariga zudlik bilan itoat etib, buyruqlarini bajaringlar, taqiqlaridan tiyilinglar. U kun kelganda sizlar uchun qochib borib, jon saqlaydigan biron boshpana topilmay qoladi. Shu dunyoda qilib oʻtgan gunohlaringizdan tonish, ularni inkor qilish imkoni ham boʻlmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin