Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 52)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 52

وَكَذَٰلِكَ أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ رُوحًا مِنْ أَمْرِنَا ۚ مَا كُنْتَ تَدْرِي مَا الْكِتَابُ وَلَا الْإِيمَانُ وَلَٰكِنْ جَعَلْنَاهُ نُورًا نَهْدِي بِهِ مَنْ نَشَاءُ مِنْ عِبَادِنَا ۚ وَإِنَّكَ لَتَهْدِي إِلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ 52 ٥٢

Ana shunga o`xshash, Biz senga O`z amrimizdan bir ruhni vahiy qildik. Sen kitob nimaligini ham, iymon nimaligini ham idrok qilmas eding. Lekin, Biz uni bir nur qildikki, u bilan bandalarimizdan kimni xohlasak hidoyat qilurmiz. Albatta, sen to`g`ri yo`lga hidoyat qilursan. (52)

Tafsir
Ey Paygʻambar, sizdan oldingi paygʻambarlarga vahiy qilganimizdek, sizga ham Oʻz tarafimizdan Quronni vahiy qildik. Undan oldin paygʻambarlarga nozil qilingan samoviy kitoblarni ham, iymon nima ekanini ham bilmas edingiz. Biz sizga Quronni bir ziyo qilib tushirdik. U bilan istagan bandamizni hidoyat qilamiz. Aniqki, siz odamlarni eng toʻgʻri yoʻlga, Islom dini yoʻliga boshlaysiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin