Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 5)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 5

تَكَادُ السَّمَاوَاتُ يَتَفَطَّرْنَ مِنْ فَوْقِهِنَّ ۚ وَالْمَلَائِكَةُ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَيَسْتَغْفِرُونَ لِمَنْ فِي الْأَرْضِ ۗ أَلَا إِنَّ اللَّهَ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ 5 ٥

Osmonlar ust tomonlaridan yorilib ketay deydi. Farishtalar esa, Robbilari hamdi ila tasbih ayturlar va yer yuzidagi kimsalarga istig`for so`rarlar. Ogoh bo`lingkim, albatta, Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir. (5)

Tafsir
Allohning buyukligidan shu qadar ulkan va baland osmonlar yorilib ketay deydi. Farishtalar esa U Zotni ulugʻlab, hamdu tasbehlar aytib, yerdagilar uchun Allohdan magʻfirat soʻraydilar. Ogoh boʻlingizkim, Alloh tavba qilgan bandalari uchun Magʻfiratli va Marhamatli Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin