Sura Ash-Shura (Maslahat — الشورى) (Oyat 8)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




42 Ash-Shura(الشورى), Oyat 8

وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ لَجَعَلَهُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَلَٰكِنْ يُدْخِلُ مَنْ يَشَاءُ فِي رَحْمَتِهِ ۚ وَالظَّالِمُونَ مَا لَهُمْ مِنْ وَلِيٍّ وَلَا نَصِيرٍ 8 ٨

Agar Alloh xohlaganida, albatta, ularni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kishini O`z rahmatiga kiritur. Zolimlarga esa, hech bir do`st ham, yordam beruvchi ham yo`qdir. (8)

Tafsir
Agar Alloh xohlaganida ularni bir ummat, Islom ummati qilib, hammasini jannatga kiritgan boʻlardi. Lekin hikmati ilohiyaning taqozosi shuki, Alloh Oʻzi istagan odamni musulmon qilib, jannatga kiritadi. Kufru masiyatlar ila oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan zolimlar uchun esa dardini tinglaydigan biron doʻst ham, ularni Allohning azobidan qutqarib qoladigan biron madadkor ham yoʻqdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin