Sura Zuxruf (Zeb-ziynatlar — الزخرف) (Oyat 20)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




43 Zuxruf(الزخرف), Oyat 20

وَقَالُوا لَوْ شَاءَ الرَّحْمَٰنُ مَا عَبَدْنَاهُمْ ۗ مَا لَهُمْ بِذَٰلِكَ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ 20 ٢٠

Ular: «Agar Rohman xohlaganida, biz ularga ibodat qilmas edik», dedilar. Ularda bu haqda hech bir ilm yo`q. Ular faqat aljiramoqdalar, xolos. (20)

Tafsir
Qadarni hujjat qilishib: "Agar Alloh farishtalarga ibodat qilishimizni xohlamaganida biz ham ularga ibodat qilmagan boʻlar edik, U xohlabdimi, demak, rozi boʻlibdi-da", deydilar. Ular bu gaplarini biron bilimga asoslanib aytayotganlari yoʻq. Ular faqat aljiramoqdalar, xolos.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin