Sura Az-Zukhruf (Zeb-ziynatlar — الزخرف) (Oyat 23)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




43 Az-Zukhruf(الزخرف), Oyat 23

وَكَذَٰلِكَ مَا أَرْسَلْنَا مِنْ قَبْلِكَ فِي قَرْيَةٍ مِنْ نَذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتْرَفُوهَا إِنَّا وَجَدْنَا آبَاءَنَا عَلَىٰ أُمَّةٍ وَإِنَّا عَلَىٰ آثَارِهِمْ مُقْتَدُونَ 23 ٢٣

Xuddi shuningdek, Biz sendan ilgari ham qaysi bir qishloq-shaharga ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning zodagonlari: «Ta'kidki, biz ota-bobolarimizni bir dinda topdik va, albatta, biz ularning izlaridan ergashguvchilardirmiz», dedilar. (23)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavilar haqni tan olmay, unga qarshi ota-bobolariga taqlid qilishlarini dalil qilganlaridek, sizdan oldin biron shaharga biron paygʻambarni yuborgan boʻlsak, u yerning kattalari, rahbarlari, boylari: "Biz ota-bobolarimizni bir millat va din ustida topganmiz va biz ularning izidan boraveramiz", deganlar. Xullas, bu ish yangilik emas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin