Sura Az-Zukhruf (Zeb-ziynatlar — الزخرف) (Oyat 32)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




43 Az-Zukhruf(الزخرف), Oyat 32

أَهُمْ يَقْسِمُونَ رَحْمَتَ رَبِّكَ ۚ نَحْنُ قَسَمْنَا بَيْنَهُمْ مَعِيشَتَهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۚ وَرَفَعْنَا بَعْضَهُمْ فَوْقَ بَعْضٍ دَرَجَاتٍ لِيَتَّخِذَ بَعْضُهُمْ بَعْضًا سُخْرِيًّا ۗ وَرَحْمَتُ رَبِّكَ خَيْرٌ مِمَّا يَجْمَعُونَ 32 ٣٢

Yoki ular Robbingning rahmatini taqsimlaydilarmi? Biz hayoti dunyoda ularning oralarida maishatlarini taqsimladik va ba'zilari ba'zilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qo`yganmiz. Robbingning rahmati ular jamlaydigan narsadan yaxshidir. (32)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Parvardigoringizning rahmatini taqsimlab, istaganiga beradigan, istaganiga bermaydigan oʻshalar ekanmi yoki Allohmi? Ularga shu dunyodagi rizqlarini Biz taqsimlab berganmiz va ularni boy-kambagʻal qilganmiz. Toki, biri biriga boʻysunib, tirikchilik oʻtkazsinlar. Parvardigoringizning bandalariga oxiratda koʻrsatadigan marhamati ular toʻplayotgan mol-dunyodan yaxshiroqdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin