Sura Az-Zukhruf (Zeb-ziynatlar — الزخرف) (Oyat 38)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




43 Az-Zukhruf(الزخرف), Oyat 38

حَتَّىٰ إِذَا جَاءَنَا قَالَ يَا لَيْتَ بَيْنِي وَبَيْنَكَ بُعْدَ الْمَشْرِقَيْنِ فَبِئْسَ الْقَرِينُ 38 ٣٨

Toki, huzurimizga kelganda: «Qani endi men bilan sening orang mag`rib ila mashriqchalik uzoq bo`lsa edi. Bas, sen naqadar yomon hamrohsan», der. (38)

Tafsir
Allohning eslatmasidan yuz oʻgirgan badbaxt Qiyomat kuni Bizning huzurimizga kelgach, orzu-umidlarini izhor qilib: "Ey menga hamroh boʻlgan shayton, qani edi men bilan sening oʻrtamiz mashriq bilan magʻrib qadar uzoq boʻlsa, sen naqadar manfur hamrohsan", deb qoladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin