Sura Zuxruf (Zeb-ziynatlar — الزخرف) (Oyat 77)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




43 Zuxruf(الزخرف), Oyat 77

وَنَادَوْا يَا مَالِكُ لِيَقْضِ عَلَيْنَا رَبُّكَ ۖ قَالَ إِنَّكُمْ مَاكِثُونَ 77 ٧٧

Ular: «Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!» – deb nido qildilar. U: «Albatta, siz turib qolguvchisiz», dedi. (77)

Tafsir
Doʻzaxning Molik deb atalgan xodimiga nido qilib: "Ey Molik, Parvardigoring bizning jonimizni olsin, bu azobdan qutulaylik", dedilar. Bunga javoban Molik: "Sizlar bu azobda mangu qolasizlar, hech qachon oʻlmaysizlar, azob ham hech qachon toʻxtamaydi", dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin