Sura Az-Zukhruf (Zeb-ziynatlar — الزخرف) (Oyat 85)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




43 Az-Zukhruf(الزخرف), Oyat 85

وَتَبَارَكَ الَّذِي لَهُ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَعِنْدَهُ عِلْمُ السَّاعَةِ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ 85 ٨٥

Osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning mulkiga ega bo`lgan Zot barakotli(buyuk)dir. Soat (qiyomat) ilmi Uning huzuridadir. Ungagina qaytarilursizlar. (85)

Tafsir
Allohning yaxshiligi, barakasi koʻpaygandan koʻpayib boraveradi. Osmonlaru yer va ular orasidagi narsalar yolgʻiz Uning mulkidir. Qiyomat qachon boʻlishini ham yolgʻiz Oʻzi biladi. Undan boshqa hech kim bilmaydi. Oxiratda hisob-kitob va jazo yoki mukofot uchun qaytib borar joyinglar ham yolgʻiz Ungadir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin