Sura Duxon (Tutun) — سُورَةُ الدخان
حم i
Haa. Miym. (1)
وَالْكِتَابِ الْمُبِينِ i
Ochiq-oydin Kitobga qasam. (2)
إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةٍ مُبَارَكَةٍ ۚ إِنَّا كُنَّا مُنْذِرِينَ i
Albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Albatta, Biz ogohlantirguvchi bo`ldik. (3)
فِيهَا يُفْرَقُ كُلُّ أَمْرٍ حَكِيمٍ i
O`sha(kecha)da har bir hikmatli ish ajratilib, hal qilinur. (4)
أَمْرًا مِنْ عِنْدِنَا ۚ إِنَّا كُنَّا مُرْسِلِينَ i
Biz tomonimizdan bo`lgan amrga binoan. Albatta, Biz Payg`ambar yuborguvchi bo`ldik. (5)
رَحْمَةً مِنْ رَبِّكَ ۚ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ i
Bu, Robbing tomonidan (ko`rsatilgan) rahmatdir. Albatta, Uning O`zi o`ta eshitguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir. (6)
رَبِّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ۖ إِنْ كُنْتُمْ مُوقِنِينَ i
U — osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbidir. Gar ishonguvchi bo`lsangiz. (7)
لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ يُحْيِي وَيُمِيتُ ۖ رَبُّكُمْ وَرَبُّ آبَائِكُمُ الْأَوَّلِينَ i
Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. U tiriltirur va o`ldirur. U sizning Robbingiz va ota-bobolaringizning Robbidir. (8)
بَلْ هُمْ فِي شَكٍّ يَلْعَبُونَ i
Yo`q! Ular shak-shubhada o`ynamoqdalar. (9)
فَارْتَقِبْ يَوْمَ تَأْتِي السَّمَاءُ بِدُخَانٍ مُبِينٍ i
Bas, osmon aniq tutunni keltiradigan kunni kut. (10)
يَغْشَى النَّاسَ ۖ هَٰذَا عَذَابٌ أَلِيمٌ i
U, odamlarni o`rab olur. Bu, alamli azobdir. (11)
رَبَّنَا اكْشِفْ عَنَّا الْعَذَابَ إِنَّا مُؤْمِنُونَ i
Ey Robbimiz! Bizdan azobni kushoyish qil! Albatta, biz iymon keltirguvchidirmiz. (12)
أَنَّىٰ لَهُمُ الذِّكْرَىٰ وَقَدْ جَاءَهُمْ رَسُولٌ مُبِينٌ i
Ularga qayoqdan ham eslatma bo`lsin. Holbuki, ularga ochiq-oydin Payg`ambar kelgan edi. (13)
ثُمَّ تَوَلَّوْا عَنْهُ وَقَالُوا مُعَلَّمٌ مَجْنُونٌ i
So`ngra undan yuz o`girdilar va: «Bu — o`rgatilgan majnun», dedilar. (14)
إِنَّا كَاشِفُو الْعَذَابِ قَلِيلًا ۚ إِنَّكُمْ عَائِدُونَ i
Albatta, Biz azobni ozgina kushoyish qilguvchimiz. Albatta, sizlar qaytguvchisizlar. (15)
يَوْمَ نَبْطِشُ الْبَطْشَةَ الْكُبْرَىٰ إِنَّا مُنْتَقِمُونَ i
Katta ushlash ila ushlaganimiz kuni, albatta, Biz intiqom olguvchimiz. (16)
وَلَقَدْ فَتَنَّا قَبْلَهُمْ قَوْمَ فِرْعَوْنَ وَجَاءَهُمْ رَسُولٌ كَرِيمٌ i
Batahqiq, ulardan oldin Fir'avn qavmini sinadik. Ularga karamli Payg`ambar keldi. (17)
أَنْ أَدُّوا إِلَيَّ عِبَادَ اللَّهِ ۖ إِنِّي لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ i
«Sizlar menga Allohning bandalarini beringlar. Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman. (18)
وَأَنْ لَا تَعْلُوا عَلَى اللَّهِ ۖ إِنِّي آتِيكُمْ بِسُلْطَانٍ مُبِينٍ i
Va Allohga mutakabbirlik qilmang. Albatta, men sizga ochiq-oydin hujjat keltirurman. (19)
وَإِنِّي عُذْتُ بِرَبِّي وَرَبِّكُمْ أَنْ تَرْجُمُونِ i
Va, albatta, men o`zimning Robbim va sizning Robbingizdan meni toshbo`ron qilishingizdan panoh so`radim. (20)
وَإِنْ لَمْ تُؤْمِنُوا لِي فَاعْتَزِلُونِ i
Va agar menga iymon keltirmasangiz, mendan chetlaning». (21)
فَدَعَا رَبَّهُ أَنَّ هَٰؤُلَاءِ قَوْمٌ مُجْرِمُونَ i
U Robbiga: «Albatta, anavilar jinoyatchi qavmdir», deb duo qildi. (22)
فَأَسْرِ بِعِبَادِي لَيْلًا إِنَّكُمْ مُتَّبَعُونَ i
Bas, bandalarim ila kechasi yurib ket. Albatta, siz izingizdan quvilursiz. (23)
وَاتْرُكِ الْبَحْرَ رَهْوًا ۖ إِنَّهُمْ جُنْدٌ مُغْرَقُونَ i
Va dengizni sokin holida qo`y, albatta, ular g`arq qilinadigan qo`shindir. (24)
كَمْ تَرَكُوا مِنْ جَنَّاتٍ وَعُيُونٍ i
Ular ortlaridan qanchadan-qancha bog`u rog`larni va buloqlarni, (25)
وَزُرُوعٍ وَمَقَامٍ كَرِيمٍ i
Ekinzorlarni va yaxshi joylarni. (26)
وَنَعْمَةٍ كَانُوا فِيهَا فَاكِهِينَ i
Va o`zlari ichida maza qilayotgan nozu ne'matlarni qoldirdilar. (27)
كَذَٰلِكَ ۖ وَأَوْرَثْنَاهَا قَوْمًا آخَرِينَ i
Mana shunday! Biz u(narsa)larni boshqa qavmlarga meros qilib berdik. (28)
فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ السَّمَاءُ وَالْأَرْضُ وَمَا كَانُوا مُنْظَرِينَ i
Bas, ularga osmon ham, yer ham yig`lamadi va ular muhlat berilganlardan ham bo`lmadilar. (29)
وَلَقَدْ نَجَّيْنَا بَنِي إِسْرَائِيلَ مِنَ الْعَذَابِ الْمُهِينِ i
Batahqiq, Bani Isroilga xorlovchi azobdan... (30)
مِنْ فِرْعَوْنَ ۚ إِنَّهُ كَانَ عَالِيًا مِنَ الْمُسْرِفِينَ i
Fir'avndan najot berdik. Albatta, u mutakabbir va haddidan oshganlardan edi. (31)
وَلَقَدِ اخْتَرْنَاهُمْ عَلَىٰ عِلْمٍ عَلَى الْعَالَمِينَ i
Batahqiq, Biz ularni bilib turib, olamlar ichidan tanlab oldik. (32)
وَآتَيْنَاهُمْ مِنَ الْآيَاتِ مَا فِيهِ بَلَاءٌ مُبِينٌ i
Va ularga oyat(mo`'jiza)lardan ichida ochiq-oydin sinov bor narsalarni berdik. (33)
إِنَّ هَٰؤُلَاءِ لَيَقُولُونَ i
Albatta, anavilar derlar: (34)
إِنْ هِيَ إِلَّا مَوْتَتُنَا الْأُولَىٰ وَمَا نَحْنُ بِمُنْشَرِينَ i
«Birinchi o`limimizdan boshqa hech qanday o`lim yo`q va biz qayta tiriltiriluvchi emasmiz. (35)
فَأْتُوا بِآبَائِنَا إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ i
Agar rostgo`y bo`lsangiz, ota-bobolarimizni keltiringlar». (36)
أَهُمْ خَيْرٌ أَمْ قَوْمُ تُبَّعٍ وَالَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ أَهْلَكْنَاهُمْ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا مُجْرِمِينَ i
Ular yaxshiroqmi yoki Tubba' qavmiyu ulardan oldin o`tganlarmi?! Biz ularni halok qildik. Albatta, ular jinoyatchi bo`lgan edilar. (37)
وَمَا خَلَقْنَا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَاعِبِينَ i
Osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni o`ynab yaratganimiz yo`q! (38)
مَا خَلَقْنَاهُمَا إِلَّا بِالْحَقِّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ i
Biz ularni faqat haq ila yaratdik, lekin ko`plari bilmaslar. (39)
إِنَّ يَوْمَ الْفَصْلِ مِيقَاتُهُمْ أَجْمَعِينَ i
Albatta, ajratish kuni barchalari uchun belgilangan vaqtdir. (40)
يَوْمَ لَا يُغْنِي مَوْلًى عَنْ مَوْلًى شَيْئًا وَلَا هُمْ يُنْصَرُونَ i
U kunda do`st do`stga biron narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas. (41)
إِلَّا مَنْ رَحِمَ اللَّهُ ۚ إِنَّهُ هُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ i
Magar, kimga Alloh rahim qilsagina (yordam berilur). Albatta, U aziyz va o`ta rahimli Zotdir. (42)
إِنَّ شَجَرَتَ الزَّقُّومِ i
Albatta, Zaqqum daraxti... (43)
طَعَامُ الْأَثِيمِ i
Gunohkorning taomidir. (44)
كَالْمُهْلِ يَغْلِي فِي الْبُطُونِ i
U, xuddi eritilgan ma'dandek, qorinlarda qaynar. (45)
كَغَلْيِ الْحَمِيمِ i
Qaynoq suvning qaynashi kabi. (46)
خُذُوهُ فَاعْتِلُوهُ إِلَىٰ سَوَاءِ الْجَحِيمِ i
Uni tutib, jahiymning o`rtasiga sudrab olib boringlar! (47)
ثُمَّ صُبُّوا فَوْقَ رَأْسِهِ مِنْ عَذَابِ الْحَمِيمِ i
So`ngra boshi ustidan qaynoq suv azobini quyinglar! (48)
ذُقْ إِنَّكَ أَنْتَ الْعَزِيزُ الْكَرِيمُ i
«Totib ko`r! Albatta, sen o`zing «azizu mukarramsan!» (49)
إِنَّ هَٰذَا مَا كُنْتُمْ بِهِ تَمْتَرُونَ i
Albatta, bu siz (bo`lishida) shubha qilib yurgan narsadir!» (50)
إِنَّ الْمُتَّقِينَ فِي مَقَامٍ أَمِينٍ i
Albatta, taqvodorlar omonlik joyida... (51)
فِي جَنَّاتٍ وَعُيُونٍ i
Bog`u rog`lar va buloqlarda bo`lurlar. (52)
يَلْبَسُونَ مِنْ سُنْدُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ مُتَقَابِلِينَ i
Ular shoyi ipak kiyurlar, bir-birlariga yuzma-yuz holda (o`ltirurlar). (53)
كَذَٰلِكَ وَزَوَّجْنَاهُمْ بِحُورٍ عِينٍ i
Ana shunday! Va Biz ularni huri iynlarga uylantirdik. (54)
يَدْعُونَ فِيهَا بِكُلِّ فَاكِهَةٍ آمِنِينَ i
Ular u yerda omonlik hollarida turli mevalarni chaqirurlar. (55)
لَا يَذُوقُونَ فِيهَا الْمَوْتَ إِلَّا الْمَوْتَةَ الْأُولَىٰ ۖ وَوَقَاهُمْ عَذَابَ الْجَحِيمِ i
Ular u yerda birinchi o`limdan boshqa o`limni totmaslar. U zot ularni jahiym azobidan saqlar. (56)
فَضْلًا مِنْ رَبِّكَ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ i
Bu, Robbingdan bo`lgan fazldir. Ana shu ulkan yutuqdir. (57)
فَإِنَّمَا يَسَّرْنَاهُ بِلِسَانِكَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ i
Bas, albatta, Biz u(Qur'on)ni sening tiling ila osonlashtirdik. Shoyadki, eslasalar. (58)
فَارْتَقِبْ إِنَّهُمْ مُرْتَقِبُونَ i
Bas, kutib tur. Ular ham kutguvchidirlar. (59)