Sura Al-Jathiyah (Tizzalovchilar — الجاثية) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




45 Al-Jathiyah(الجاثية), Oyat 13

وَسَخَّرَ لَكُمْ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا مِنْهُ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ 13 ١٣

Va sizga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni — hammasini O`z tomonidan bo`ysundirib qo`ydi. Albatta, ana shunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat(belgi)lar bordir. (13)

Tafsir
Alloh sizlarga samolardagi oy, quyosh, yulduzlar kabi hamma narsalarni va zamindagi daryolar, daraxtlar, togʻlar kabi hamma narsalarni boʻysundirib qoʻydi. Bu ishda fikr yuritib, ibrat oladigan qavm uchun Allohning yagonaligi va qudratiga dalolat qiladigan belgilar bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin