Sura Josiya (Tizzalovchilar — الجاثية) (Oyat 26)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




45 Josiya(الجاثية), Oyat 26

قُلِ اللَّهُ يُحْيِيكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يَجْمَعُكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ 26 ٢٦

Sen: «Alloh sizlarni tiriltirur, so`ngra o`ldirur, so`ngra sizlarni (bo`lishida) shubha yo`q qiyomat kunida jamlar. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar», deb ayt. (26)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Alloh sizlarni yaratib tiriltirgan, keyin oʻldiradi, keyin yana oʻlganingizdan soʻng hisob-kitob qilish va jazo yoki mukofot berish uchun Qiyomat kunida toʻplaydi. Bu kuning kelishiga zarracha shak-shubha yoʻq. Lekin odamlarning koʻplari bilmaydilar. Shu sababli solih amallar qilib, oʻsha kun uchun tayyorgarlik koʻrmaydilar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin