Sura Al-Jathiyah (Tizzalovchilar — الجاثية) (Oyat 5)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




45 Al-Jathiyah(الجاثية), Oyat 5

وَاخْتِلَافِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَمَا أَنْزَلَ اللَّهُ مِنَ السَّمَاءِ مِنْ رِزْقٍ فَأَحْيَا بِهِ الْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَتَصْرِيفِ الرِّيَاحِ آيَاتٌ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ 5 ٥

Kechayu kunduzning almashib turishida, Alloh osmondan rizq nozil qilib, uning ila yerni o`limidan keyin tiriltirishida va shamollarning yo`nalishida aql yuritadigan qavm uchun oyat(belgi)lar bor. (5)

Tafsir
Kecha va kunduzning ketma-ket kelishida, Alloh osmondan yomgʻir yogʻdirib, u bilan qaqrab yotgan yerni yashnatib, oʻsimliklarni oʻstirib qoʻyishida, shamollarning foyda qaysi tarafdan boʻlishiga qarab, hali u tomondan, hali bu tomondan esib turishida aql yuritadigan qavm uchun belgilar bordir. Shu belgilar orqali ular Allohning birligini, qayta tiriltira olishini va har ishga Qodir ekanini bilib oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin