Sura Ahqof (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 10)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




46 Ahqof(الأحقاف), Oyat 10

قُلْ أَرَأَيْتُمْ إِنْ كَانَ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ وَكَفَرْتُمْ بِهِ وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَىٰ مِثْلِهِ فَآمَنَ وَاسْتَكْبَرْتُمْ ۖ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ 10 ١٠

Sen: «Ayting-chi, agar u (Qur'on) Allohdan bo`lsa-yu, siz unga kufr keltirsangiz va holbuki, Bani Isroildan bir guvoh u(Qur'on)ga o`xshash narsaga guvohlik berib, iymon keltirib turibdi, siz esa, kibru havo qilyapsiz. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas», deb ayt. (10)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi haqni yolgʻonga chiqarayotganlarga ayting: "Agar bu Quron Alloh tarafidan boʻlib, sizlar unga kufr keltirayotgan boʻlsangizlar-chi. Bani Isroildan bir guvoh uning Alloh tarafidan ekaniga guvohlik berib, unga iymon keltirsa-yu, sizlar unga iymon keltirishdan oʻzalaringizni katta olayotgan boʻlsangizlar-chi. Ana shu paytda zolimlarga aylanib qolmaysizlarmi?! Alloh zolim qavmni haqni tanishga muvaffaq qilmas".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin