Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 31)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




46 Al-Ahqaf(الأحقاف), Oyat 31

يَا قَوْمَنَا أَجِيبُوا دَاعِيَ اللَّهِ وَآمِنُوا بِهِ يَغْفِرْ لَكُمْ مِنْ ذُنُوبِكُمْ وَيُجِرْكُمْ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ 31 ٣١

Ey qavmimiz, Allohning da'vatchisiga javob bering va Unga iymon keltiring. U sizlarning gunohlaringizni mag`firat qilar va alamli azobdan saqlar. (31)

Tafsir
Ey qavmimiz, Muhammadning davatini qabul qilinglar. U haqqa chaqirayotir. Uning Alloh tarafidan yuborilgan paygʻambar ekaniga iymon keltiringlar. Shunda Alloh gunohlaringizni magʻfirat qiladi va sizlarni kelgusidagi alamli azobdan asraydi. Bu azob Paygʻambar alayhissalomga ishonmagan, u zot davat etgan haqni qabul qilmaganlar uchun tayyorlab qoʻyilgan.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin