Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 35)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




46 Al-Ahqaf(الأحقاف), Oyat 35

فَاصْبِرْ كَمَا صَبَرَ أُولُو الْعَزْمِ مِنَ الرُّسُلِ وَلَا تَسْتَعْجِلْ لَهُمْ ۚ كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَ مَا يُوعَدُونَ لَمْ يَلْبَثُوا إِلَّا سَاعَةً مِنْ نَهَارٍ ۚ بَلَاغٌ ۚ فَهَلْ يُهْلَكُ إِلَّا الْقَوْمُ الْفَاسِقُونَ 35 ٣٥

Bas, azmu matonat sohibi bo`lgan Payg`ambarlar sabr qilgandek, sabr qil, ularga (azob yetishiga) shoshilma! Ular va'da qilingan narsani ko`rganlarida xuddi (bu dunyoda) kunduzdan bir lahzagina turganga o`xsharlar. Bu yetkazishdir! Bas, faqat fosiq qavmlargina halok qilinur, xolos! (35)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Nuh, Ibrohim, Muso, Iyso alayhimussalom kabi matonatli paygʻambarlar sabr qilganlaridek, qavmingiz tarafidan kelayotgan ozorlarga sabr qiling. Ularga azobni shoshiltirmang. Qavmingiz orasidagi haqni yolgʻonga chiqarganlar oxiratdagi oʻzlariga vada qilingan azobni koʻrgan paytlarida bu dunyoda kunduzdan bir soatgina yashab oʻtgandek boʻlib qoladilar. Azob shu qadar uzoq davom etadi. Muhammad alayhissalomga nozil qilingan bu Quron insu jin uchun kifoyadir, yetarlidir. Kufru masiyatlar ila Allohga itoatsizlik qilgan qavmgina azobga giriftor qilinur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin