Sura Al-Ahqaf (Qum tepaliklari — الأحقاف) (Oyat 4)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




46 Al-Ahqaf(الأحقاف), Oyat 4

قُلْ أَرَأَيْتُمْ مَا تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ أَرُونِي مَاذَا خَلَقُوا مِنَ الْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِي السَّمَاوَاتِ ۖ ائْتُونِي بِكِتَابٍ مِنْ قَبْلِ هَٰذَا أَوْ أَثَارَةٍ مِنْ عِلْمٍ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ 4 ٤

Sen: «Allohdan o`zga sig`inayotgan narsalaringizning xabarini bering-chi, menga ko`rsating-chi, ular yerdan nimani yaratdilar? Yoki osmonlarni (yaratishda) ishtiroklari bormi? Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, menga bu(Qur'on)dan oldingi kitobni yoki ilmiy bir belgini (dalilni) keltiring», deb ayt. (4)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi haqdan yuz oʻgirayotgan mushriklarga ayting: "Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan butlaringiz haqida bir gapirib beringlar-chi. Ular yerdan nimalarni yaratgan? Togʻni yaratganlarmi? Daryoni yaratganlarmi? Yoki ularning osmonlarni yaratishda Alloh bilan sherikchiligi bormi? Agar, butlarimiz mabudlikka loyiq, degan davolaringiz rost boʻlsa, Qurondan oldin Alloh tarafidan nozil qilingan bir kitobni yoki oldingilardan qolgan biron ilmiy belgini keltiringlar-chi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin