Sura Muhammad (Muhammad ﷺ — محمد) (Oyat 15)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




47 Muhammad(محمد), Oyat 15

مَثَلُ الْجَنَّةِ الَّتِي وُعِدَ الْمُتَّقُونَ ۖ فِيهَا أَنْهَارٌ مِنْ مَاءٍ غَيْرِ آسِنٍ وَأَنْهَارٌ مِنْ لَبَنٍ لَمْ يَتَغَيَّرْ طَعْمُهُ وَأَنْهَارٌ مِنْ خَمْرٍ لَذَّةٍ لِلشَّارِبِينَ وَأَنْهَارٌ مِنْ عَسَلٍ مُصَفًّى ۖ وَلَهُمْ فِيهَا مِنْ كُلِّ الثَّمَرَاتِ وَمَغْفِرَةٌ مِنْ رَبِّهِمْ ۖ كَمَنْ هُوَ خَالِدٌ فِي النَّارِ وَسُقُوا مَاءً حَمِيمًا فَقَطَّعَ أَمْعَاءَهُمْ 15 ١٥

Taqvodorlarga va'da qilingan jannatning misoli (shuki): ichida aynimagan suvli anhorlari, ta'mi o`zgarmagan sutli anhorlari, ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr(sharob)li anhorlari, musaffo asalli anhorlari bor. Ular uchun unda barcha mevalar va o`z Robbilaridan mag`firat bor. (O`shalar) otashda mangu qoluvchi va o`ta qaynoq suv ila sug`orilib, ichaklari titilib ketgan kimsaga o`xsharmi? (15)

Tafsir
Parvardigori olamdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila qoʻrqadigan taqvodorlar uchun Alloh vada qilgan jannatda bir necha daryolar boʻlib, ulardan birida har qancha turib qolsa ham aynimaydigan suvlar oqsa, yana birida hech qachon tami oʻzgarmaydigan sutlar oqadi. Yana birida ichguvchilar uchun shirin tamli sharoblar oqib tursa, boshqasida sof asallar oqib turadi. Ularga istagan mevalari muhayyo qilinadi. Bularning ustiga Alloh ularning gunohlarini oʻchirib yuboradi. Ularni jazoga tortmaydi. Mana shuncha nematlarga ega boʻlgan baxtiyor moʻmin doʻzaxdan hech qachon chiqmaydigan, qaynoq suv bilan sugʻorilib, ichaklari titilib ketadigan baxtiqaroga oʻxshaydimi?!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin