Sura Muhammad (Muhammad ﷺ — محمد) (Oyat 38)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




47 Muhammad(محمد), Oyat 38

هَا أَنْتُمْ هَٰؤُلَاءِ تُدْعَوْنَ لِتُنْفِقُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَمِنْكُمْ مَنْ يَبْخَلُ ۖ وَمَنْ يَبْخَلْ فَإِنَّمَا يَبْخَلُ عَنْ نَفْسِهِ ۚ وَاللَّهُ الْغَنِيُّ وَأَنْتُمُ الْفُقَرَاءُ ۚ وَإِنْ تَتَوَلَّوْا يَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوا أَمْثَالَكُمْ 38 ٣٨

Hoy, sizlar. Anavilar. Allohning yo`lida nafaqa qilishga chaqirilsangiz, bas, ba'zilaringiz baxillik qilursizlar. Va kim baxillik qilsa, albatta, o`ziga baxillik qilur. Va, holbuki, Alloh boy, sizlar kambag`alsizlar. Va agar siz yuz o`girib ketsangiz, sizdan boshqa qavmni o`rningizga keltirur, ular esa sizlarga o`xshagan bo`lmaslar. (38)

Tafsir
Mana, sizlar bir qism molingizni Alloh yoʻlida sarflashga chaqirilasizlar. Sizlardan hamma mol-davlatingizni sarflab yuborish talab qilinmaydi. Shunda ham ayrimlaringiz baxillik qilasizlar. Kim Alloh yoʻlida molini sarflashdan baxillik qilsa, u oʻziga baxillik qiladi. Alloh boy-behojat. Sizlarning infoq qilishingizga muhtoj emas. Aksincha, sizlar U Zotga muhtojsizlar. Islomdan yana kufrga qaytadigan boʻlsangizlar, Alloh sizlarni halok etib, oʻrningizga boshqa qavmni olib keladi. Keyin ular sizlarga oʻxshagan itoatsiz boʻlmaydilar. Itoatkor boʻladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin