Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Qachonki kufr keltirganlar bilan to`qnashsangiz, bas, bo`yinlarga urmoq kerak. Vaqtiki, ularni tor-mor qilsangiz, bas, mahkam bog`lang. So`ngra yoki minnat, yoki tovon olishdir. Hattoki, urush o`z anjomlarini qo`yguncha. Ana shunday. Alloh xohlasa, ulardan O`zi g`olib kelardi, lekin ba'zilaringizni ba'zilaringiz ila sinash uchun (qildi). Alloh yo`lida qatl qilinganlarning amallarini U zot hech zoye qilmas. (4)
Tafsir
Ey moʻminlar, sizlarga qarshi kurashayotgan kofirlar bilan toʻqnashganingizda ularni oʻldiringlar. To ularni magʻlub etgunga qadar jang qilinglar. Ularning shon-shavkatini sindirib, tor-mor qilganingizdan keyin asirlarni mahkam bogʻlanglar. Ular borasida ikki ishdan birini qilish oʻz ixtiyoringizda. Yo ularga marhamat koʻrsatib, hech qanday tovon olmay qoʻyib yuborasiz yoki tovon olasiz. Tovon pul boʻlishi ham, boshqa biron xizmat boʻlishi ham mumkin. To kofirlarning Islomni qabul qilishi yoki ahdlashishi bilan urush nihoyasiga yetguniga qadar shunday qilinglar. Bunga sabab shuki, moʻminlar kofirlar bilan sinaladilar va kunlar aylanib turadi. Gohida unisi gʻolib boʻlsa, gohida bunisi gʻolib boʻladi. Allohning hukmi mana shu. Agar Alloh xohlaganida kofirlardan jangsiz ham gʻolib boʻlishi mumkin edi. Lekin U Zot sizlarni bir-birlaringiz bilan sinash uchun jihodni farz qildi. Shu bilan kim jang qiladi, kim qilmaydi, ajratib oladi. Kofirni ham sinaydi. Jangda oʻlgan moʻmin jannatga kiradi, kofir esa doʻzaxga. Alloh Oʻzining yoʻlida jon berganlarning amallarini hech qachon zoye qilmas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: