Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Albatta, senga bay'at qilayotganlar faqat Allohning O`ziga bay'at qilmoqdalar. Allohning qo`li ularning qo`llari ustidadir. Kim (bay'atni) buzsa, o`ziga qarshi buzadi, xolos va kim Allohga qilgan ahdiga vafo qilsa, unga tezda ulkan ajr berilur. (10)
Tafsir
Ey Paygʻambar, Makka mushriklariga qarshi urush qilish boʻyicha sizga Rizvon bayatini beradiganlar Allohga bayat bergan boʻladilar. Chunki mushriklarga qarshi jang qilishga buyurgan zot, Allohning Oʻzginasidir. Mukofotlarini beradigan ham Oʻzi. Bayat vaqtida Allohning qoʻli, ularning qoʻllari ustida boʻladi. U Zot hammasidan xabardor boʻlib turadi. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi. Kim bayatini buzsa, Allohga bergan ahdiga vafo qilmasa, U Zotning dinini qoʻllab-quvvatlamasa, bu ishidan faqat oʻzi zarar koʻradi. Allohga hech qanday zarar boʻlmaydi. Kim Allohga bergan ahdiga vafo qilsa, U Zotning dinini qoʻllab-quvvatlasa, yaqinda Alloh unga ulugʻ mukofot beradi. U mukofot - jannatdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: