Sura Al-Fath (G‘alaba — الفتح) (Oyat 16)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




48 Al-Fath(الفتح), Oyat 16

قُلْ لِلْمُخَلَّفِينَ مِنَ الْأَعْرَابِ سَتُدْعَوْنَ إِلَىٰ قَوْمٍ أُولِي بَأْسٍ شَدِيدٍ تُقَاتِلُونَهُمْ أَوْ يُسْلِمُونَ ۖ فَإِنْ تُطِيعُوا يُؤْتِكُمُ اللَّهُ أَجْرًا حَسَنًا ۖ وَإِنْ تَتَوَلَّوْا كَمَا تَوَلَّيْتُمْ مِنْ قَبْلُ يُعَذِّبْكُمْ عَذَابًا أَلِيمًا 16 ١٦

Ortda qolgan a'robiylarga: «Katta kuchga ega qavmga (qarshi) chaqirilursiz, ular musulmon bo`lgunlaricha urushasiz. Agar itoat qilsangiz, Alloh sizga yaxshi ajr berur. Va agar yana avval qochganingizdek, ortga qochsangiz, alamli azob ila azoblar», deb ayt. (16)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Makkaga siz bilan birga bormasdan ortda qolgan arobiylarga ayting: "Yaqinda oʻta qudratli bir qavm bilan jang qilishga chaqirilasizlar. Yo Alloh yoʻlida ularga qarshi jang qilasizlar yoki ular Islomni jangsiz qabul qiladilar. Agar Allohga itoat qilib, shu ishni qilsangizlar, Alloh sizlarga goʻzal ajr - jannatni beradi. Oldin Makka safarida yuz oʻgirganingizdek, yana yuz oʻgirib ketsangizlar, sizlarni alamli azob bilan azoblaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin