Sura Al-Fath (G‘alaba — الفتح) (Oyat 25)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




48 Al-Fath(الفتح), Oyat 25

هُمُ الَّذِينَ كَفَرُوا وَصَدُّوكُمْ عَنِ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ وَالْهَدْيَ مَعْكُوفًا أَنْ يَبْلُغَ مَحِلَّهُ ۚ وَلَوْلَا رِجَالٌ مُؤْمِنُونَ وَنِسَاءٌ مُؤْمِنَاتٌ لَمْ تَعْلَمُوهُمْ أَنْ تَطَئُوهُمْ فَتُصِيبَكُمْ مِنْهُمْ مَعَرَّةٌ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۖ لِيُدْخِلَ اللَّهُ فِي رَحْمَتِهِ مَنْ يَشَاءُ ۚ لَوْ تَزَيَّلُوا لَعَذَّبْنَا الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا 25 ٢٥

Ular kufr keltirgan, sizlarni Masjidul Haromdan, qurbonliklarni esa, ushlanib o`z joyiga yetishidan to`sgan kishilardir, agar siz bilmaydigan mo`min erkaklar va mo`mina ayollar bo`lmaganida, sizga bilmasdan ularni halok qilganingiz tufayli gunoh yetishi bo`lmaganida edi, Alloh kimni xohlasa, O`z rahmatiga kiritishi uchun, agar ajrab turganlarida edi, ulardan kofirlarini alamli azob ila azoblar edik. (25)

Tafsir
Ular shunday kimsalardirki, Allohga va Rasuliga kufr keltirdilar. Sizlarni Masjidul-Haromdan toʻsdilar. Qurbonliklar hibs qilinib, soʻyiladigan joyiga yetib borishiga yoʻl qoʻymadilar. Ular orasida sizlar bilmagan, tanimagan moʻmin kishilar va moʻmina ayollar boʻlib, kofirlarga qoʻshib ularni ham bilmasdan oʻldirib yuborishingiz mumkin boʻlib qolmaganida edi, natijada aybdorga aylanib, xun toʻlashingizga toʻgʻri kelib qolmaganida edi, Alloh sizlarga jang qilishingizga ruxsat bergan boʻlardi. Alloh Oʻzi istagan odamni, masalan, Makkada qolgan moʻminlarni Oʻz rahmatiga olishi uchun sizlarning qoʻllaringizni ulardan toʻsdi, jang qilishga izn bermadi. Agar Makkadagi kofirlar moʻminlardan ajralgan holda turganlarida edi, Alloh va Rasuliga kufr keltirgan badbaxtlarni qattiq, alamli azoblagan boʻlar edik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin