Sura Al-Fath (G‘alaba — الفتح) (Oyat 29)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




48 Al-Fath(الفتح), Oyat 29

مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللَّهِ ۚ وَالَّذِينَ مَعَهُ أَشِدَّاءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَاءُ بَيْنَهُمْ ۖ تَرَاهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِنَ اللَّهِ وَرِضْوَانًا ۖ سِيمَاهُمْ فِي وُجُوهِهِمْ مِنْ أَثَرِ السُّجُودِ ۚ ذَٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِي التَّوْرَاةِ ۚ وَمَثَلُهُمْ فِي الْإِنْجِيلِ كَزَرْعٍ أَخْرَجَ شَطْأَهُ فَآزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوَىٰ عَلَىٰ سُوقِهِ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ لِيَغِيظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ ۗ وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ مِنْهُمْ مَغْفِرَةً وَأَجْرًا عَظِيمًا 29 ٢٩

Muhammad Allohning Rasulidir, u bilan birga bo`lganlar kofirlarga shiddatli, o`zaro rahimdildirlar. Allohdan fazl va rozilik tilab ruku' va sajda qilgan hollarini ko`rasan. Ularning siymosi sajda asaridan yuzlarida (balqiydi). Ana o`sha, ularning Tavrot va Injildagi misollaridir. Bu, xuddi, urug`ini yorib chiqib, quvvatlanib, yo`g`onlashib, poyasida tik turib, dehqonlarni ajablantirgan bir ekinga o`xshar. Kofirlarning g`azabini qo`zitish uchun. Alloh ulardan iymon keltirib va solih amallarni qilganlariga mag`firat va ulug` ajrni va'da qildi. (29)

Tafsir
Muhammad Rasululloh va u zot bilan birga boʻlganlar oʻzlariga qarshi jang qilayotgan kofirlarga nisbatan qahrli, oʻzaro bir-birlariga nisbatan esa rahm-shafqatli, gʻamxoʻrdirlar. Koʻrasizki, ular Allohdan Oʻz fazlu marhamati ila magʻfirat qilishini, ajru savoblar berishini va rozi boʻlishini tilab ruku va sajdalar qiladilar. Ularning yuzlarida sajda izidan belgi bordir. Bu yuzlarda hidoyat nishonasi va namoz nuri balqib turadi. Mana shu ularning Muso alayhissalomga nozil qilingan Tavrotdagi misollaridir. Iyso alayhissalomga nozil qilingan Injildagi misollari esa ular oʻzaro birdamligi va jipsligida xuddi bir shoxlar chiqarib, quvvatga kirgach, yoʻgʻonlashib, oʻz tanasida tik turgan, dehqonlarni oʻz kuchi va kamoli ila lol qoldiradigan azim daraxtga oʻxshaydi. Toki ulardagi birdamlik va mukammallikni koʻrib, kofirlarga alam qilsin. Alloh ulardan iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlariga magʻfirat vada qilgan. Gunohlari uchun ularni jazolamaydi. Ularga ulugʻ ajr ham vada qilgan. U jannatdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin