Sura Al-Hujurat (Hujralar — الحجرات) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




49 Al-Hujurat(الحجرات), Oyat 14

قَالَتِ الْأَعْرَابُ آمَنَّا ۖ قُلْ لَمْ تُؤْمِنُوا وَلَٰكِنْ قُولُوا أَسْلَمْنَا وَلَمَّا يَدْخُلِ الْإِيمَانُ فِي قُلُوبِكُمْ ۖ وَإِنْ تُطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ لَا يَلِتْكُمْ مِنْ أَعْمَالِكُمْ شَيْئًا ۚ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 14 ١٤

A'robiylar: «Iymon keltirdik», deyishdi. Sen: «Iymon keltirganingiz yo`q, lekin, bo`yinsundik, denglar, hali iymon qalblaringizga kirgani yo`q va agar Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsangiz, amallaringizdan hech narsa kamaymas. Albatta, Alloh kechiruvchi va rahimli Zotdir», deb ayt. (14)

Tafsir
Ayrim sahroyi arablar Paygʻambar alayhissalomning oldiga kelib: "Allohga va Rasuliga iymon keldirdik", dedilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Hali iymon keltirganingiz yoʻq. Boʻysundik, desangizlar, toʻgʻriroq boʻladi. Chunki hali iymon qalblaringizga kirib bormadi. Endi kirib borish arafasida turibdi. Ey arobiylar, iymon keltirish, yaxshi ishlar qilish va haromdan tiyilish borasida Alloh va Rasuliga itoat etsangizlar, Alloh savobingizni zarracha kamaytirmas. Alloh tavba qilgan bandalari uchun Magʻfiratli va ularga Mehribon Zotdir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin