Sura Hujurot (Hujralar — الحجرات) (Oyat 6)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




49 Hujurot(الحجرات), Oyat 6

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ جَاءَكُمْ فَاسِقٌ بِنَبَإٍ فَتَبَيَّنُوا أَنْ تُصِيبُوا قَوْمًا بِجَهَالَةٍ فَتُصْبِحُوا عَلَىٰ مَا فَعَلْتُمْ نَادِمِينَ 6 ٦

Ey, iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko`ringlar, bir qavmga bilmasdan musiybat yetkazib qo`yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo`lmanglar. (6)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirib, U Zotning shariatiga amal qiladiganlar, bir fosiq bir xabar olib kelsa, unga darrov ishonib yubormasdan toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini aniqlashtiringlar. Toki bir qavmga bilmasdan bir yomonlik qilib qoʻyib, xabarning yolgʻonligi aniq boʻlganidan keyin qilgan ishingizga pushaymon boʻlib yurmanglar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin