Sura Al-Hujurat (Hujralar — الحجرات) (Oyat 9)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




49 Al-Hujurat(الحجرات), Oyat 9

وَإِنْ طَائِفَتَانِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اقْتَتَلُوا فَأَصْلِحُوا بَيْنَهُمَا ۖ فَإِنْ بَغَتْ إِحْدَاهُمَا عَلَى الْأُخْرَىٰ فَقَاتِلُوا الَّتِي تَبْغِي حَتَّىٰ تَفِيءَ إِلَىٰ أَمْرِ اللَّهِ ۚ فَإِنْ فَاءَتْ فَأَصْلِحُوا بَيْنَهُمَا بِالْعَدْلِ وَأَقْسِطُوا ۖ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُقْسِطِينَ 9 ٩

Agar mo`minlardan ikki toifa urishib ketsalar, bas, o`rtalarini isloh qiling. Agar ulardan biri ikkinchisiga tajovuz qilsa, siz tajovuz qilganiga qarshi, to u Allohning amriga qaytgunicha, urushing, agar qaytsa, bas, o`rtalarini adolat bilan isloh qiling. Odil bo`ling, albatta, Alloh adolat qilguvchilarni suyadir. (9)

Tafsir
Ey moʻminlar, moʻminlardan ikki toifasi bir-biri bilan urushib qolsa, ularni Allohning shariatini hakam etishga chaqirish bilan isloh qilib qoʻyinglar. Agar ulardan biri sulhdan bosh tortib, zoʻravonlik qiladigan boʻlsa, oʻsha zoʻravonga qarshi to Allohning hukmiga qaytguniga qadar jang qilinglar. Agar Allohning hukmiga qaytsa, ularning oʻrtasini adlu insof bilan isloh qilinglar. Ular oʻrtasida hukm qilishda odil boʻlinglar. Alloh adolatli hukm qiladiganlarni yaxshi koʻradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin