Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 110)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 110

إِذْ قَالَ اللَّهُ يَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ اذْكُرْ نِعْمَتِي عَلَيْكَ وَعَلَىٰ وَالِدَتِكَ إِذْ أَيَّدْتُكَ بِرُوحِ الْقُدُسِ تُكَلِّمُ النَّاسَ فِي الْمَهْدِ وَكَهْلًا ۖ وَإِذْ عَلَّمْتُكَ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَالتَّوْرَاةَ وَالْإِنْجِيلَ ۖ وَإِذْ تَخْلُقُ مِنَ الطِّينِ كَهَيْئَةِ الطَّيْرِ بِإِذْنِي فَتَنْفُخُ فِيهَا فَتَكُونُ طَيْرًا بِإِذْنِي ۖ وَتُبْرِئُ الْأَكْمَهَ وَالْأَبْرَصَ بِإِذْنِي ۖ وَإِذْ تُخْرِجُ الْمَوْتَىٰ بِإِذْنِي ۖ وَإِذْ كَفَفْتُ بَنِي إِسْرَائِيلَ عَنْكَ إِذْ جِئْتَهُمْ بِالْبَيِّنَاتِ فَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْهُمْ إِنْ هَٰذَا إِلَّا سِحْرٌ مُبِينٌ 110 ١١٠

Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, senga va volidangga bergan ne'matimni esla. Seni muqaddas ruh bilan qo`llaganimni, odamlarga beshikda ham, kattaligingda ham gapirganingni esla. Senga kitobni, hikmatni, Tavrotni va Injilni o`rgatganimni esla. Mening iznim ila loydan qush shaklini yasaganingda va unga puflaganingda, Mening iznim ila qush bo`lganini, Mening iznim ila tug`ma ko`rni va pesni tuzatganingni esla. Mening iznim ila o`liklarni chiqarganingni esla. Bani Isroilga aniq mo`'jizalar keltirganingda, ulardan kufr keltirganlari: «Bu ochiq sehrdan o`zga hech narsa emas», deganida, seni ulardan qutqarganimini esla», deganini yod et! (110)

Tafsir
Eslang! Alloh Iyso alayhissalomga xitob qilib, shunday degandi: "Ey Iyso ibn Maryam, senga bergan nematimni, seni otasiz yaratganimni, onang Maryamga bergan nematimni, uni oʻz zamonasidagi ayollar orasidan tanlab olganimni, seni Jabroil alayhissalom bilan qoʻllab-quvvatlaganimni, odamlarga emizikli paytingda ham gapirib, Allohga davat qilganingni, katta boʻlganingdan keyin ham ularga risolatni yetkazganingni, senga yozishni, Muso alayhissalomga nozil qilingan Tavrotni, oʻzingga nozil qilingan Injilni hamda shariat sirlarini, manfaatlarini va hikmatlarini oʻrgatganimni, loydan qush shaklini yasab, unga puflaganingda chin qushga aylanganini, senga shunday iqtidor berganimni, tugʻma koʻrni va pes-moxovni davolay olganingni, Allohga duo qilib, oʻlikni tiriltirganingni, shularning hammasi Mening iznim bilan boʻlganini, Bani Isroilga ochiq moʻjizalarni keltirganingda va ular seni oʻldirmoqchi boʻlganlarida ulardan seni qutqarganimni esla! Oʻshanda ular faqat kufr keltirib: "Iyso olib kelgan narsalar ochiq sehrdan oʻzga emas", degandilar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin