Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 116)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 116

وَإِذْ قَالَ اللَّهُ يَا عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ أَأَنْتَ قُلْتَ لِلنَّاسِ اتَّخِذُونِي وَأُمِّيَ إِلَٰهَيْنِ مِنْ دُونِ اللَّهِ ۖ قَالَ سُبْحَانَكَ مَا يَكُونُ لِي أَنْ أَقُولَ مَا لَيْسَ لِي بِحَقٍّ ۚ إِنْ كُنْتُ قُلْتُهُ فَقَدْ عَلِمْتَهُ ۚ تَعْلَمُ مَا فِي نَفْسِي وَلَا أَعْلَمُ مَا فِي نَفْسِكَ ۚ إِنَّكَ أَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ 116 ١١٦

Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, sen odamlarga, Allohni qo`yib, meni va onamni iloh qilib olinglar, dedingmi?» – deganini, u esa: «O`zing poksan! (Allohim), men haqqim yo`q narsani ayta olmayman-ku. Agar aytgan bo`lganimda, batahqiq, Sen uni bilar eding. Sen mening dilimdagini bilasan, men Sendagi hech narsani bilmasman. Albatta, Sen O`zing g`ayblarni eng yaxshi bilguvchi Zotsan», deganini esla. (116)

Tafsir
Eslang! Alloh Qiyomat kunida Iyso ibn Maryamga xitob qilib: "Ey Iyso ibn Maryam, odamlarga, meni va onamni Allohdan oʻzga ikki mabudga aylantiringlar, degan gapni sen aytdingmi", deganida, Iyso Parvardigorini har qanday nuqsondan poklab: "Mening haqiqatdan oʻzga gapni gapirishga haqqim yoʻq, gapirgan boʻlganimda, uni Sen albatta bilgan boʻlarding, chunki hech narsa Sendan yashirin boʻlolmaydi, qalbimdagi sir-asrorimni ham bilasan, men esa Sendagi hech narsani bilmayman, har bir yashirin va oshkora bilimlarni ham, gʻayb ilmini ham yolgʻiz Oʻzing bilguvchisan", deb javob berdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin