Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan ne'matini eslang. Bir qavm sizga qo`l uzatmoqchi bo`lganida, U ularning qo`llarini sizdan qaytargan edi. Va Allohga taqvo qiling. Mo`minlar Allohga tavakkal qilsinlar. (11)
Tafsir
Ey iymon keltirganlar, Alloh sizlarga ato etgan nematni dilingiz bilan ham, tilingiz bilan ham eslangiz. Gʻanim sizlarni tilka-pora qilmoqchi boʻlib, qoʻlini uzatganda U Zot sizlarga tinchlik-xotirjamlikni ato etib, dushmaningiz qalblariga qoʻrquv solgan edi. Shu bilan gʻanim burilib ketgandi va sizlar salomat qolgan edingizlar. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilinglar. Moʻminlar oʻzlarining diniy ishlarida ham, dunyoviy ishlarida ham yolgʻiz Allohgagina tayansinlar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: