Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 13

فَبِمَا نَقْضِهِمْ مِيثَاقَهُمْ لَعَنَّاهُمْ وَجَعَلْنَا قُلُوبَهُمْ قَاسِيَةً ۖ يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَنْ مَوَاضِعِهِ ۙ وَنَسُوا حَظًّا مِمَّا ذُكِّرُوا بِهِ ۚ وَلَا تَزَالُ تَطَّلِعُ عَلَىٰ خَائِنَةٍ مِنْهُمْ إِلَّا قَلِيلًا مِنْهُمْ ۖ فَاعْفُ عَنْهُمْ وَاصْفَحْ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ 13 ١٣

Ahdlarini buzganlari uchun ularni la'natladik va qalblarini qattiq qildik. Ular kalimalarni o`z o`rnidan o`zgartirdilar. O`zlariga eslatma bo`lgan narsadan ko`p nasibani unutdilar. Ularning ozginalaridan boshqalaridan mudom xiyonat ko`rasan. Bas, ularni afv et va ayblarini o`tib yubor. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevar. (13)

Tafsir
Bergan ahdlariga vafo qilmaganlari uchun ularni Oʻz rahmatimizdan quvdik va qalblarini ezgulikdan bahramand boʻlolmaydigan, nasihat kor qilmaydigan toshga aylantirdik. Ular soʻzlarni oʻz oʻrnidan qoʻzgʻatib, shaklini ham oʻzgartiradilar, manosini ham oʻz havoyi nafslariga moslashtirib tavil-tafsir qiladilar. Oʻzlariga berilgan eslatmalarning ayrimlariga amal qilmaydilar. Ey Paygʻambar alayhissalom, ularning Allohga va moʻminlarga qilgan xiyonatlari tobora oshkor boʻlib boraveradi. Ular orasida ahdiga vafo qilganlari juda ozchilikni tashkil qiladi. Ularni afv etib, kechirib yuboravering. Shunday qilishingiz yaxshilikdir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin