Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 14

وَمِنَ الَّذِينَ قَالُوا إِنَّا نَصَارَىٰ أَخَذْنَا مِيثَاقَهُمْ فَنَسُوا حَظًّا مِمَّا ذُكِّرُوا بِهِ فَأَغْرَيْنَا بَيْنَهُمُ الْعَدَاوَةَ وَالْبَغْضَاءَ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ ۚ وَسَوْفَ يُنَبِّئُهُمُ اللَّهُ بِمَا كَانُوا يَصْنَعُونَ 14 ١٤

Va, «Biz nasorolarmiz», deganlarning ham ahdnomasini oldik. Bas, ular o`zlariga eslatma bo`lgan narsadan ko`p nasibani unutdilar. Biz ular orasida adovat va yomon ko`rishni qiyomat kunigacha qo`zg`atdik. Alloh, albatta, ularga qilmishlari haqida xabar beradir. (14)

Tafsir
Yahudiylardan qanday qattiq ahdu paymon olgan boʻlsak, oʻzlarini Iyso alayhissalomning tobelarimiz, deb davo qiladiganlardan ham oʻshanday ahdu paymon oldik. Ular ham xuddi yahudiylarga oʻxshab, oʻzlariga berilgan eslatmalardan bir qismiga amal qilmadilar. Keyin Biz ularning oralariga to Qiyomat kuniga qadar davom etadigan nafrat va adovatni soldik. Shu bilan ular bir-birini kofirga chiqaradigan, bir-birini yoqtirmaydigan, bir-biri bilan urushadigan, jang qiladigan boʻlib qoldilar. Yaqinda Alloh ular qilgan qilgʻiliklarning xabarini beradi va ularni qilmishlariga yarasha jazolaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin