Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 1)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 1

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَوْفُوا بِالْعُقُودِ ۚ أُحِلَّتْ لَكُمْ بَهِيمَةُ الْأَنْعَامِ إِلَّا مَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ غَيْرَ مُحِلِّي الصَّيْدِ وَأَنْتُمْ حُرُمٌ ۗ إِنَّ اللَّهَ يَحْكُمُ مَا يُرِيدُ 1 ١

Ey, iymon keltirganlar! Ahdnomalarga vafo qiling! Sizga, keyin tilovat qilinadiganlaridan boshqa, chorva hayvonlari halol qilindi, ehromdalik vaqtingizda ovni halol sanamagan holingizda. Albatta, Alloh nimani iroda etsa, shuni hukm qiladir. (1)

Tafsir
Ey iymon keltirganlar, yaratuvchingiz bilan qilgan ahdlaringizga ham, odamlar bilan bogʻlagan ahdlaringizga ham toʻla vafo qilinglar. Alloh Oʻz rahmati bilan sizlarga tuya, sigir, qoʻy kabi chorva hayvonlarini halol qildi. Haromligi zikr qilinganlari hamda haj yoki umra safarida ehromdalik paytida quruqlikda qilingan ovlar bundan mustasno. Alloh Oʻz hikmati taqozosi bilan Oʻzi istaganicha narsalarni halol yoki harom qiladi. U Zotni hech kim hech narsaga majburlay olmaydi. Hech kim U Zotning hukmiga etiroz bildira olmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin