Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 20)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 20

وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ يَا قَوْمِ اذْكُرُوا نِعْمَةَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ جَعَلَ فِيكُمْ أَنْبِيَاءَ وَجَعَلَكُمْ مُلُوكًا وَآتَاكُمْ مَا لَمْ يُؤْتِ أَحَدًا مِنَ الْعَالَمِينَ 20 ٢٠

Muso o`z qavmiga: «Ey qavmim, Allohning sizga bergan ne'matlarini eslang. Axir, U sizdan Payg`ambarlar yubordi, podshohlar chiqardi va olamlarda birortaga bermagan narsalarni berdi-ku», – deganini esla. (20)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, eslang! Muso oʻz qavmi Bani Isroilga shunday degandi: "Ey qavmim, Allohning sizlarga ato etgan nematini tilingiz bilan ham, dilingiz bilan eslangiz. U Zot sizlarni hidoyatga boshlovchi paygʻambarlarni oʻzingizdan chiqardi. Qul-mamluk edingiz, sizlarni podshohlarga aylantirdi. Sizlarga oʻz zamoningizda olamlardagi hech kimga bermagan nematlarini ato etdi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin