Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 39)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 39

فَمَنْ تَابَ مِنْ بَعْدِ ظُلْمِهِ وَأَصْلَحَ فَإِنَّ اللَّهَ يَتُوبُ عَلَيْهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 39 ٣٩

Kim zulmidan keyin tavba etsa va amali solih qilsa, Alloh, albatta, tavbasini qabul qiladir. Shubhasiz, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir. (39)

Tafsir
Kim oʻgʻrilik qilishdan tiyilib, Allohga tavba qilsa va oʻzini oʻnglab olsa, Alloh Oʻz fazli ila uning tavbasini qabul qiladi. Zero, Alloh tavba qiluvchilarning gunohlarini kechiradigan, ularga mehribon Zotdir. Ammo ish hokimlargacha yetib borgan boʻlsa, tavba qilishning oʻzi bilan ulardan had soqit boʻlmaydi. Yani, ular jazodan ozod etilmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin