Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 42)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 42

سَمَّاعُونَ لِلْكَذِبِ أَكَّالُونَ لِلسُّحْتِ ۚ فَإِنْ جَاءُوكَ فَاحْكُمْ بَيْنَهُمْ أَوْ أَعْرِضْ عَنْهُمْ ۖ وَإِنْ تُعْرِضْ عَنْهُمْ فَلَنْ يَضُرُّوكَ شَيْئًا ۖ وَإِنْ حَكَمْتَ فَاحْكُمْ بَيْنَهُمْ بِالْقِسْطِ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُقْسِطِينَ 42 ٤٢

Ular yolg`onni ko`p eshituvchilar, haromni ko`p yeyuvchilardir. Agar senga kelsalar, oralarida hukm chiqar yoki ulardan yuz o`gir. Agar ulardan yuz o`girsang, senga hech zarar keltira olmaslar. Agar hukm qilsang, oralarida adolat ila hukm qil. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni sevadir. (42)

Tafsir
U yahudiylar koʻpincha yolgʻonga quloq soladigan haromxoʻr, sudxoʻrlardir. Ey Paygʻambar alayhissalom, sizdan hukm soʻrab kelsalar, istasangiz hakamlik qiling, istasangiz bosh torting. Ixtiyor oʻzingizda. Bosh tortsangiz, ular sizga hech qachon hech qanday zarar yetkaza olmaslar. Hakamlik qilsangiz, garchi ular zolim va dushman boʻlsalar-da, adolat bilan ajrim qiling. Alloh hatto dushmanlariga ham adolat bilan hakamlik qiluvchilarni yaxshi koʻradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin