Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
O`zlarida Tavrot bo`la turib, unda Allohning hukmi bo`la turib, qanday qilib seni hakam qilurlar-u, so`ngra yana yuz o`girib keturlar? Ular mo`min emaslar. (43)
Tafsir
Ajabo! Oʻzlari sizga kufr keltiradilar. Yana oʻzlariga yoqadigan hukm chiqarib qolishingiz ilinjida sizdan hakamlik qilishingizni soʻrab keladilar. Holbuki, oldilarida Tavrot turibdi. Allohning hukmini oʻzida jo qilgan bu ilohiy kitobga iymon keltirganmiz, deya davo ham qilib qoʻyadilar. Keyin esa siz chiqargan hukm ularning havoyi nafslariga toʻgʻri kelmasa, undan yuz oʻgirib ketadilar. Bu bilan ular ham oʻzlarining kitoblaridagi hukmga kufr keltiradilar va ham sizning hukmingizdan yuz oʻgiradilar. Bunday qilish moʻminlarning ishi emas. Demak, ular moʻmin emaslar. Sizga ham, siz olib kelgan dinga inonmaydilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: