Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 48)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 48

وَأَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ الْكِتَابِ وَمُهَيْمِنًا عَلَيْهِ ۖ فَاحْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ ۖ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ عَمَّا جَاءَكَ مِنَ الْحَقِّ ۚ لِكُلٍّ جَعَلْنَا مِنْكُمْ شِرْعَةً وَمِنْهَاجًا ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَلَٰكِنْ لِيَبْلُوَكُمْ فِي مَا آتَاكُمْ ۖ فَاسْتَبِقُوا الْخَيْرَاتِ ۚ إِلَى اللَّهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنْتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ 48 ٤٨

Va Biz senga kitobni haq ila, o`zidan oldingi Kitobni tasdiqlovchi va uning ustidan nazorat etguvchi qilib nozil qildik. Bas, ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit. O`zingga kelgan haqni qo`yib, ularning xohishlariga ergashma. Sizlardan har biringizga alohida shariat va yo`l qilib qo`ydik. Agar Alloh xohlasa, hammangizni bir ummat qilib qo`yar edi. Ammo U sizlarni O`zi ato etgan narsada sinamoq istaydir. Yaxshilikka shoshilingiz. Hammangizning qaytar joyingiz Alloh huzuridadir. Bas, o`shanda ixtilof qilgan narsalaringiz haqida xabar berur. (48)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, sizga Quronni Alloh tarafidan ekaniga hech shak-shubha aralashmagan haqqirost qilib tushirdik. U oʻzidan oldingi samoviy kitoblarni tasdiqlab va ular ustidan nazorat oʻrnatib keldi. Oldingi kitoblardan Quronga muvofiq joyi haqdir, qolgani esa botil. Shunday ekan, odamlar orasida Alloh sizga nozil qilgan vahiy bilan hakamlik qiling. Oʻzingizga nozil boʻlgan shak-shubhasiz haqni qoʻyib, ularning havoyi nafslariga ergashib ketmang. Har bir ummatga amaliy hukmlardan iborat bir shariat va hidoyatni topib olishlari uchun bir yoʻl qilib berdik. Alloh xohlaganida hamma shariatlarni bitta qilib qoʻyardi. Lekin U Zot sinov uchun shunday qildi. Toki, osiy itoatkordan ajralsin. Shunday ekan, ezguliklar qilishga va yovuzliklardan tiyilishga shoshilinglar. Qiyomat kuni borar joyingiz Allohgadir. Oʻshanda Alloh sizlar ixtilof qilgan ishlar haqida xabar berur va qilgan amallaringizga yarasha sizlarga jazo yoki mukofot tayin qilur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin