Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 4)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 4

يَسْأَلُونَكَ مَاذَا أُحِلَّ لَهُمْ ۖ قُلْ أُحِلَّ لَكُمُ الطَّيِّبَاتُ ۙ وَمَا عَلَّمْتُمْ مِنَ الْجَوَارِحِ مُكَلِّبِينَ تُعَلِّمُونَهُنَّ مِمَّا عَلَّمَكُمُ اللَّهُ ۖ فَكُلُوا مِمَّا أَمْسَكْنَ عَلَيْكُمْ وَاذْكُرُوا اسْمَ اللَّهِ عَلَيْهِ ۖ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۚ إِنَّ اللَّهَ سَرِيعُ الْحِسَابِ 4 ٤

Sendan ularga nima halol qilinganini so`rarlar. Sen: «Sizlarga pok narsalar halol qilindi. Ovchi itlarga o`xshatib, Alloh sizga o`rgatgan narsalardan ularga ham o`rgatgan ovchi hayvonlaringiz sizga tutib bergan narsadan yenglar. Ularga Allohning ismini zikr qilinglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh hisobi tezkor Zotdir», deb ayt! (4)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, sahobalaringiz sizdan oʻzlariga nima halol qilingani haqida soʻraydilar. Ayting: "Sizlarga barcha pokiza yeyimliklar, itlar va qoplonlar kabi tishli hamda burgut kabi tirnoqli ovga oʻrgatilgan hayvonlarning ovlari halol qilindi. Sizlar ularga Alloh sizlarga bildirgan bilimlardan talim berib, ov qilishni oʻrgatgansizlar. Keyin ular aytganingizni qiladigan, bos desangiz bosadigan, qayt desangiz qaytadigan ov hayvonlariga aylanganlar. Endi ular tutib kelgan ovni garchi oʻlik boʻlsa ham yeyishingiz mumkin. Faqat ularni yuborayotgan paytingizda Allohning nomini aytib yuboringlar. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilinglar. Alloh amallarning hisobini tez oluvchi Zotdir".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin