Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 51)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 51

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا الْيَهُودَ وَالنَّصَارَىٰ أَوْلِيَاءَ ۘ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ ۚ وَمَنْ يَتَوَلَّهُمْ مِنْكُمْ فَإِنَّهُ مِنْهُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ 51 ٥١

Ey, iymon keltirganlar! Yahudiy va nasorolarni o`zingizga do`st tutmang. Ular bir-birlari bilan do`stdirlar. Sizdan kim ularni do`st tutsa, albatta, u ulardandir. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat etmas. (51)

Tafsir
Ey Allohga va paygʻambariga iymon keltirganlar, yahudiy va nasroniylarni samimiy ittifoqdosh bilib, ularni doʻst tutmangiz. Yahudiy yahudiyga, nasroniy esa nasroniyga doʻst. Bu ikki firqani sizlarga boʻlgan adovatlari birlashtirib turadi. Sizlardan kim ularni doʻst tutsa, bas, u oʻshalar safidadir. Alloh kofirlarni doʻst tutgani uchun zolim qavmni hidoyat qilmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin