Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 54)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 54

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا مَنْ يَرْتَدَّ مِنْكُمْ عَنْ دِينِهِ فَسَوْفَ يَأْتِي اللَّهُ بِقَوْمٍ يُحِبُّهُمْ وَيُحِبُّونَهُ أَذِلَّةٍ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ أَعِزَّةٍ عَلَى الْكَافِرِينَ يُجَاهِدُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَلَا يَخَافُونَ لَوْمَةَ لَائِمٍ ۚ ذَٰلِكَ فَضْلُ اللَّهِ يُؤْتِيهِ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ 54 ٥٤

Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan kim dinidan qaytsa, Alloh albatta O`zi sevadigan va ular ham Allohni sevadigan qavmni keltirur. Ular mo`minlarga xokisor, kofirlarga qattiqqo`l, Allohning yo`lida jihod qilurlar va malomatchining malomatidan qo`rqmaslar. Bu, Allohning fazli bo`lib, xohlagan odamiga beradir. Alloh fazli-karami keng va biluvchi Zotdir. (54)

Tafsir
Ey iymon keltirganlar, sizlardan kimlar dinidan qaytib, kofir boʻlsalar, Alloh ularning oʻrniga shunday qavmni olib keladiki, Alloh ularni yaxshi koʻradi, ular ham Allohni yaxshi koʻradilar. Ular moʻminlarga muloyim, kofirlarga esa qattiqqoʻl boʻladilar. Molu jonlari bilan Allohning kalimasini oliy qilish yoʻlida kurashadilar. Alloh rizosini maxluqlar rizosidan ustun qoʻyganlari bois yoʻldagi toʻsiqlardan, ozorlaru malomatlardan qoʻrqmaydilar. Bu Allohning bir fazlu marhamatidirki, uni Oʻzi istagan bandasiga ato etadi. Alloh fazlu marhamati keng va shu fazlu marhamatiga kim loyiqligini va kim loyiq emasligini biladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin